Kontent qismiga oʻtish

One Direction

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
One Direction

One Direction guruhi 2012-yilgi Logies Awardning taqdirlash marosimida
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Faoliyat yillari 2010-2016
Janr Pop, pop-rok, dance, elektronika[1]
Leybl Syco, Columbia
Tarkib Niall Horan
Liam Payne
Harry Styles
Louis Tomlinson
Sobiq aʼzolar Zayn Malik
Vebsayt onedirectionmusic.com

One Direction (qisqa nomi 1D) – 2010-yilda Londonda tashkil etilgan ingliz-irland musiqiy guruhi. Niall Horan, Liam Payne, Harry Styles, Louis Tomlinson va 2015-yilga qadar esa Zayn Malikdan guruhning aʼzolari boʻlishgan. Ular 2016-yilda nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqishganini eʼlon qilishadi.


2010-2011-yillar: The X Factor

[tahrir | manbasini tahrirlash]
One Direction guruhi 2011-yilgi The X Factor Live turida

Niall Horan, Zayn Malik, Liam Payne, Harry Styles va Luis Tomlinson 2010-yilgi The X Factor shousining yakkalik bahslarda ishtirok etishadi[2]. Ammo ushbu ishtirok unchalik ham muvaffaqiyatli oʻtmaganidan soʻng Nikol Scherzinger va mehmon hakam Simon Cowell ularga guruh tuzish taklifini beradi[2][3][4][5][6]. 2022-yilda chiqarilgan videorolikda guruh muvaffaqiyatida Nicole Scherzinger asosiy rol oʻynagani taʼkidlab oʻtiladi[7]. Videoda Horan guruhning birinchi aʼzosi sifatida tanlanganligi, soʻngra Harry, Tomlinson, Payne va Zayn birma-bir guruhga taklif qilinganligi maʼlum boʻladi[8]. Guruh aʼzolari oʻzaro tanishib mashgʻulotlar oʻtkazishi uchun ikki hafta vaqt ketadi[9][10]. Harry guruhga One Direction deya nom berishni taklif qiladi va bu nom barcha aʼzolarga maqul keladi[9]. Guruh dastlabki bosqichda Torn qoʻshigʻining akustik versiyasini kuyladi[11][12]. Dastlabki toʻrt hafta ichidayoq guruh Buyuk Britaniya boʻylab katta mashhurlikka erishishdi[12].

Finalgacha yetib borgan One Direction shouni uchinchi oʻrin bilan yakunlashdi[13]. Koʻp oʻtmay Cowell taklifi bilan guruh Syco Records studiyasi bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma imzoladi[14]. Ular 2011-yilning yanvar oyida RedOne bilan hmkorlikda Los-Anjeles shahrida debyut albomi ustida ishlashni boshlashdi[15]. One Direction haqidagi dastlabki kitob 2011-yilning fevral oyida HarperCollins nashri tomonidan „One Direction: Forever Young (Our Official X Factor Story)“ nomi ostida chop etiladi va keyinchalik The Sunday Timesining bestsellerlari roʻyxatiga kiritiladi[16][17]. Shu oyda yigitlar va The X Factor shousining boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda The X Factor Live Tourida ishtirok etdilar. Tur davomida guruhning konsertlariga Buyuk Britaniyalik 500 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi[18][15]. Tur yakunlangach ular yana albom ustida ishlashni davom etdilar. Albom yozish ishlari Stokholm, London va Los-Anjeles kabi shaharlarda Carl Falk, Savan Kotecha, Steve Mac va Rami Yacoub kabi prodyuserlar bilan hamkorlikda boʻlib oʻtdi[19].

2011-2012-yillar: Up All Night

[tahrir | manbasini tahrirlash]
One Direction Up All Night albomi taqdimotida, 2012-yil yanvar

2011-yil sentabr oyida Buyuk Britaniya va Irlandiyada chiqarilgan One Directionning debyut singli What Makes You Beautiful tijoriy va xalqaro muvaffaqiyatga erishdi. U UK Singles Chartda birinchi oʻrinni egalladi va Sony Music tarixida chiqarilishidan avval eng koʻp buyurtma qilingan qoʻshiqqa aylandi[20][21]. Keyingi singllari Gotta Be You va One Thing ham UK Singles chartida kuchli oʻntalikdan joy oldi[22][23]. 2011-yil noyabr oyida guruh Shimoliy Amerikadagi Columbia Records studiyasi bila shartnoma imzoladilar[24]. Shu oyda ular Buyuk Britaniya va Irlandiyada oʻzlarining debyut studiya albomi Up All Nightni chiqardilar[25]. Keyinchalik bu Britaniya boʻylab eng tez sotilgan debyut albomga aylandi[26][27][28][29]. 2011-yil dekabr oyida ular Up All Night Tour nomli Buyuk Britaniyadagi birinchi kontsert gastrollarini tashkillashtirishdi[30].

Guruh aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq aʼzosi

2020-yilga kelib guruhning dunyo boʻylab disk sotuvlari soni 70 milliondan oshdi[31]. Bu orqali ular barcha davrlarning eng koʻp sotiladigan yigitlardan iborat guruhlardan biriga aylandi[32]. 2013-yilgi Forbes nashrining maʼlumotlariga koʻra ular taxminan 75 million dollar daromad koʻrgan holda va 30 yoshgacha boʻlgan eng yuqori daromadli insonlar reyitngida ikkinchi oʻrinda qayd etishgan[33][34][35].

Guruh yetti marotaba Brit Award[36], yetti marotaba American Music Awards[37], olti marotaba Billboard Music Awards[38], besh marotaba Touring Awards va toʻrt marotaba MTV Video Music Awards[39] sovrinlarini qoʻlga kiritgan. One Direction Teen Choice Awardsda 31 marta nomzod sifatida koʻrsatilib ulardan 28 tasida gʻalaba qozongan holda bu boradagi rekord muallifi boʻlgan[40]. 2013-yilda guruh eng yuqori sotuvlar koʻrsatkichini qayd etgan holda International Federation of the Phonographic Industry (IFPI) tomonidan „Global Recording Artists of the Year“ nomiga loyiq koʻrildi[41]. 2014-yilda Billboard jurnali esa ularni Artist of the Year deya eʼtirof etadi[42].

  1. Jon O'Brien. „One Direction“. Allmusic. Rovi Corporation. Qaraldi: 30-iyun 2012-yil.
  2. 2,0 2,1 Kelly, Kristy. „Nicole Scherzinger: 'I did Simon Cowell a favour with One Direction'“. Digital Spy. UK: Hearst (2011-yil 26-iyul). Qaraldi: 2011-yil 26-iyul.
  3. McMahon, Kate. „Cheryl Tweedy cancels X Factor Boot Camp and V Festival appearances“. Daily Mirror (2010-yil 12-iyul). Qaraldi: 2010-yil 12-iyul.
  4. Wyatt, Daisy. „One Direction film claims she founded band, not Simon Cowell“. The Independent. 2013-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Without Nicole Scherzinger there would be no One Direction“. NOVA Fm (Australian radio). 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Harp. „Simon Cowell talks One Direction formation: 'It was my idea'“. Digital Spy (2013-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
  7. „'X Factor' reveals Nicole Scherzinger formed One Direction in 2010: 'They're the cutest boy band ever'“. GMA News Online (2022-yil 24-iyul). Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  8. Kreps, Daniel (23 July 2022). 'The X Factor' Reveals Unseen Footage of One Direction's Formation“. Rolling Stone. Qaraldi: 30 July 2022.
  9. 9,0 9,1 Walker, Stan; Stack, Short; Paynter, Michael; Meredith, Amy. „One Direction Biography“. The Hot Hits Live from LA. 2012-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-aprel.
  10. „One Direction prepare for Cardiff sell-out shows“. Media Wales (2012-yil 13-yanvar). 2012-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-iyun.
  11. „The X Factor 2010: the 12 acts who made it to the Live Shows“. STV (2010-yil 3-oktyabr). 2010-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-noyabr.
  12. 12,0 12,1 Greene, Andy (9 April 2012). „Exclusive Q&A: Simon Cowell on One Direction's Rise to Stardom“. Rolling Stone. 12 May 2012da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11 May 2012.
  13. Heritage, Stuart. „The X Factor 2010 final results show“. The Guardian (2012-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 15-mart.
  14. Nissim, Mayer. „One Direction 'get £2m Syco investment'“. Digital Spy. UK: Hearst (2011-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 23-oktyabr.
  15. 15,0 15,1 Miller, Ed. „Sony excited about One Direction potential“. Music Week (2011-yil 16-avgust). Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
  16. Fletcher. „One Direction release autobiography“. Digital Spy. Hearst (2011-yil 17-fevral). Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
  17. „One Direction book number one on Sunday Times bestsetller list“. Sugarscape (2011-yil 5-aprel). Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
  18. „Tickets for One Direction at HMV Apollo Hammersmith, London, now available from hmvtickets.com“. HMV. 2012-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  19. „Up All Night – One Direction“. AllMusic (2011-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 21-mart.
  20. Corner, Lewis. „One Direction's 'What Makes You Beautiful' breaks pre-order sales record“. Digital Spy. UK: Hearst (2011-yil 19-avgust). Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
  21. Jones, Alan. „What Makes You Beautiful becomes fastest seller of the year“. Music Week (2011-yil 19-sentyabr). 2012-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar.
  22. Jones, Alan. „UK Singles Chart Analysis: Rihanna equals Adele record“. Music Week (2011-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 11-iyun.
  23. Jones, Alan. „Official Chart Analysis: Emeli Sande album sells 113k, DJ Fresh single shifts 128k“. Music Week (2012-yil 20-fevral). Qaraldi: 2012-yil 17-mart.
  24. Corner. „One Direction sign U.S. record deal with Adele label Columbia“. Digital Spy. Hearst (2011-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
  25. McKinley, James C Jr. „One Direction and the Wanted: Boy Bands Return“. The New York Times (2012-yil 23-mart).
  26. Markovitz, Adam (20 March 2012). „Up All Night (2012) One Direction“. Entertainment Weekly (review). 28 March 2012da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21 March 2012.
  27. „Listen Up: Stay 'Up All Night' with One Direction“. USA Today. Gannett Co (2012-yil 13-mart). Qaraldi: 2012-yil 31-mart.
  28. Chisling, Matthew. „Up All Night – One Direction“. AllMusic (2011-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar.
  29. „One Direction Thank Fans For 'Up All Night' Chart Success“. Capital FM. Global Radio (2011-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
  30. „One Direction Prepare For 'Up All Night' Tour With Watford Concert“. Capital FM. Global Radio (2011-yil 19-dekabr). 2012-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-mart.
  31. „One Direction: Ten years of 1D, but is a reunion on the way?“. CBBC Newsround. Qaraldi: 2020-yil 25-iyul.
  32. „One Direction Band's Louis Tomlinson Arrested In Airport Tussle“. Agence France-Presse (2018-yil 9-mart). Qaraldi: 2017-yil 5-mart.
  33. „One Direction“. Forbes.com.
  34. Greenburg, Zack O'Malley. „Celebrity 100: The World's Highest-Paid Superstars Of 2015“. Forbes (2015-yil 29-iyun). Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
  35. Zack O'Malley Greenburg. „Celebrity 100: The World's Highest-Paid Superstars of 2016“. Forbes. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
  36. Weatherby, Taylor (22 February 2017). „One Direction Beats Out Zayn Malik for Video of the Year at 2017 Brit Awards“. Billboard. Qaraldi: 24 August 2018.
  37. „Winners Database“. American Music Awards. Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  38. „Winners Database“. Billboard Music Awards. Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  39. Vena. „One Direction: Eight Million Votes Prove The Boys Own 'Song Of The Summer'“. MTV News (2013-yil 25-avgust). 2014-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  40. Dresdale. „It's One Direction vs. One Direction at tonight's Teen Choice Awards“. ABC News (2017-yil 13-avgust). Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  41. Sherwin, Adam. „One Direction named top Global Recording Artist in new award“. The Independent (2014-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 30-yanvar.
  42. Caulfield, Keith. „Billboard's Artists of the Year: 1981–2014“. Billboard (2015-yil 13-yanvar).